Qobil Stroy
Kelajakni
Biz bilan
Quring
“Qobil Stroy” qurilish kompaniyasi — Navoiy va Samarqand shaharlarida eng zamonaviy va shinam turar joy majmualarini barpo etadi.
6+
Yirik loyihalar bitkazilgan
Zamonaviy Turar Joy Majmualari
Har bir loyiha bizning sifatga bo'lgan sadoqatimiz namunasidir.
Afzalliklarimiz
Afzalliklarni hamda mijozlar fikrlarini sharh sifatida kiritib o‘tamiz.
Yer osti avtoturargohlar
Loyihalarimizda ko‘zda tutilgan yer osti avtoturargohlari orqali avtomobilni har qanday ob-havo ta’sirlaridan ishonchli himoya qilish mumkin. Qulaylik va xavfsizlikni ustuvor deb bilganlar uchun yer osti avtoturargohdaki to‘xtash joylari eng maqbul tanlov hisoblanadi.
Eko hududlar
Loyihalarimiz hududida tashkil etilgan eko-makonlar yaqinlaringiz bilan mazmunli vaqt o‘tkazish, sayr qilish yoki toza havoda xotirjam dam olish uchun ajoyib imkoniyat yaratadi.
Tijoriy maydonlar
Qulayligingizni inobatga olgan holda, har bir loyihamizning quyi qavatlarida tijoriy maydonlar joylashtirilgan. Bu esa kerakli xaridlarni uydan uzoqqa chiqmagan holda amalga oshirish imkonini beradi.
Bolalar o‘yingohi
Loyihalarimizning hududida bolalar uchun xavfsiz va zamonaviy o‘yin maydonchalari barpo etilgan. Bu yerda farzandlaringiz maroqli o‘ynab, faol vaqt o‘tkazishi, siz esa ularning xotirjam va xavfsiz muhitda ekanidan ko‘nglingiz to‘q bo‘lishi mumkin.
"Biz nafaqat uy, balki baxtli hayot poydevorini quramiz."
Mirzayev Nuriddin
Eshqobilovich
“Qobil Stroy” Bugungi kunda yurtimizda qurilish sohasi jadal sur’atlar bilan rivojlanib bormoqda. Mazkur sohada o‘z o‘rni va nufuziga ega bo‘lib kelayotgan korxonalardan biri — “Qobil Stroy” qurilish kompaniyasidir. “Qobil Stroy” kompaniyasi 2022 yil 5 may kuni Mirzaev Nuriddin Eshqobilovich tashabbusi bilan tashkil etilgan. Uning rahbarligida korxona qisqa fursat ichida rivojlanib, Navoiy va Samarqanddagi eng ishonchli va sifatli brend sifatida tanildi. Kompaniyaning asoschisi va rahbari — Mirzaev Nuriddin Eshqobilovich, 1986 yil 1 may kuni Samarqand viloyati, Qo‘shrabot tumani, Jo‘sh qishlog‘ida tug‘ilgan. U o‘z ish faoliyatida qat’iyat, mas’uliyat va innovatsion yondashuvni ustuvor qiladigan rahbar sifatida tanilgan. Nuriddin Mirzaev Samarqand arxitektura va qurilish institutini muvaffaqiyatli tamomlab, avvallari qurilish sohasidagi turli loyihalarda qatnashgan, tajriba to‘plagan. Uning rahbarligida “Qobil Stroy” nafaqat yangi bino va turar joylar, balki ishonch, sifat va zamonaviy hayot uchun poydevor yaratayotgan kompaniyaga aylandi. Nuriddin Eshqobilovich nafaqat tadbirkor, balki yuksak mas’uliyat va zamonaviy fikrga ega rahbar sifatida kompaniya strategiyasiga aniq maqsad va bardavom yondashuvni kiritdi. Uning boshqaruvi ostida “Qobil Stroy” nafaqat uy-joylar, balki ishonch, sifat va qulaylik bunyodkoriga aylandi. “Qobil Stroy” o‘z faoliyatini 2022 yil 5 mayda mustaqil kompaniya sifatida boshlagan bo‘lsa-da, uning asosida ilgargi yillarda qurilish sohasidagi boy tajriba yotadi. Dastlab kompaniya boshqa nom ostida, sherikchilik asosidagi loyihalarda ishtirok etgan, turli mijozlar uchun qurilish ishlarini amalga oshirgan. Bu davrda jamoa qurilish jarayonining barcha bosqichlarini puxta o‘rgandi, mijozlar ehtiyojini, bozor talablarini chuqur anglandi. Keyinchalik, faoliyatdagi yondashuvlar va maqsadlar turlichaligi tufayli, kompaniya mustahkam poydevorga ega, mustaqil brend sifatida “Qobil Stroy” nomini qabul qildi. Bugungi kunda u oldingi tajribaga suyangan holda, o‘z yo‘nalishini aniq belgilab olgan, mustaqil va jadal rivojlanayotgan qurilish kompaniyasiga aylandi. Kompaniyaning asosiy faoliyati — ko‘p qavatli turar joy majmualarini barpo etish, zamonaviy arxitekturani milliy an’analar bilan uyg‘unlashtirgan holda, aholi uchun barcha qulayliklarga ega xonadonlar taqdim etishdan iborat.
1.5k+
Mijozlar
100%
Sifat
Bepul Konsultatsiya
Menejerimiz 10 daqiqa ichida bog'lanadi.